Hodisa

Toshkentning to‘rtta tumani gazsiz qoladi — manzillar

Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raldi.

25-avgust kuni Toshkentning to‘rtta tumanida gaz qisman o‘chiriladi, deya xabar bermoqda Hududgaz Poytaxt axborot xizmati.

Maʼlumotlarga koʻra, rejalashtirilgan taʼmirlash ishlarini mutaxassislar amalga oshiradi.

Shu munosabat bilan quyidagilar gazsiz qoldiriladi:

  • Chilonzor tumani: soat 10:00 dan 20:00 gacha: “Al-Xorazmiy”, “Bahoriston”, “Guliston” va “Bekto‘pi” mahallalarida 220 ta xususiy uy, 80 ta ko‘p qavatli uy va 40 ta ulgurji iste’molchilar;
  • Shayxontohur tumani: soat 10:00 dan 20:00 gacha: to‘rtta ulgurji iste’molchi;
  • Uchtepa tumani: soat 10:00 dan 20:00 gacha: “Foziltepa”, “Ko‘ksaroy”, “O‘rikzor” va “Zarafshon” mahallalaridagi 2 450 ta xususiy uylar, 47 ta ko‘p qavatli uylar va 256 ta ulgurji iste’molchilar;
  • Yashnobod tumani: soat 10:00 dan 18:00 gacha: Maxtumquli ko‘chasi bo‘ylab 950 ta xususiy uy, 35 ta ko‘p qavatli uy va 10 ta ulgurji iste’molchilar.

Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raldi.

Avvalroq Toshkentda “aqlli” suv hisoblagichlari o‘rnatilishi boshlangani haqida xabar berilgandi. Yangi hisoblagichlar aniqroq va tezkorroq bo‘ladi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная