Toshkentning to‘rt tumani aholisi vaqtincha gazsiz qoladi — manzillar
Iste’molchilardan uzr so‘raldi.

21-oktyabr kuni Toshkentning Yangihayot, Sergeli, Mirzo Ulug‘bek va Chilonzor tumanlarining ayrim joylarida gaz o‘chiriladi, deb xabar bermoqda Hududgazta’minot axborot xizmati.
Gaz ta’minoti uzilishi rejali ta’mirlash ishlari bilan bog‘liq. Quyidagi joylarda gaz ta’minoti to‘xtatiladi:
- Mirzo Ulug‘bek tumani: Alisherobod, Ijodkor, Zakovat, Jasorat, Iqtidor, Chingeldi mahallalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha;
- Sergeli tumani: Qut-baraka MFYda soat 10:00 dan 16:00 gacha;
- Chilonzor tumani: Zarqo‘rg‘on, Fidokor, Botirma mahallalarida soat 10:00 dan 18:00 gacha;
- Yangihayot tumani: Toshkent mahallalarida soat 10:00 dan 18:00 gacha.
Iste’molchilar saytlardagi ishlar muddatidan oldin yakunlanishi mumkinligi haqida ogohlantirildi va yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so’raldi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda issiqxonalarni uzluksiz gaz bilan ta’minlash orqali mahsulot eksporti oshiriladi. Shuningdek, hukumat 2028-yil oxirigacha ijtimoiy soliq stavkasini 1 foiz darajasida belgilashni rejalashtirmoqda.
Izohlar