Toshkentning ikki tumanida bir necha kun davomida elektr ta’minotida uzilishlar bo‘lishi mumkin
Iste’molchilar ta’mirlash ishlari muddatidan oldin tugashi mumkinligi haqida ogohlantirildi.

23-maydan 26-mayga qadar Toshkentning Mirzo Ulug‘bek va Yunusobod tumanlaridagi bir nechta mahallalarda elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar bo‘lishi mumkin.
Elektr uskunalarini almashtirish bo‘yicha ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan quyidagi manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi:
- Mirzo Ulug‘bek tumani: “Hamid Olimjon”, “Oqqo‘rg‘on”, “Darhon” va “Mustaqillik” mahallalarida soat 8:00 dan 17:00 gacha;
- Yunusobod tumani: “Mirzo Ulug‘bek”, “Buyuk Turon”, “Bodomzor”, “Shayx Shivli”, “Yangi Tarnov”, “Firdavsiy”, “Xiyobontepa” va “Bo‘zsuv” mahallalarida soat 8:00 dan 17:00 gacha.
Iste’molchilar uchastkalarda ishlar muddatidan oldin yakunlanishi mumkinligi haqida ogohlantirilib, keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raldi.
Avvalroq prezident elektr energiyasi va gazni behuda sarflamaslik bo‘yicha ko‘rsatma bergani xabar qilingandi. Hukumat 1,1 milliard kub metr gaz va 2,6 milliard kVt/soat elektr energiyasini tejashni rejalashtirmoqda.
Izohlar