Hodisa

Toshkentning ikki tumani elektr energiyasidan vaqtincha uziladi

Rejali profilaktika ishlari olib borilishi sababli elektr energiyasi bo‘lmaydi.

Toshkentning ikki tumani elektr energiyasidan vaqtincha uziladi
Фото: Ситуативное

14-may kuni Toshkent shahrining Mirzo-Ulug‘bek va Yunusobod tumanlaridagi bir qancha mahallalarda elektr energiyasi uziladi, deb xabar bermoqda HET matbuot xizmati.

Rejali profilaktika ishlari olib borilishi munosabati bilan quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtinchalik uziladi:

  • Mirzo Ulug‘bek tumani: soat 09:00 dan 18:00 gacha “Oqqo‘rg‘on”, “Darkon”, “Mustaqillik” mahallalarida;
  • Yunusobod tumani: 09:00 dan 18:00 gacha “Mirzo Ulug‘bek”, “Buyuk Turon”, “Bodomzor”, “Shayx Shirli”, “Yangi Tarnov”, “Firdavsiy”, “Xiyobontepa”, “Bo‘zsuv” mahallalarida.

Iste’molchilar saytlardagi ishlar muddatidan oldin yakunlanishi mumkinligi haqida ogohlantirildi va yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so’raldi.

O‘zbekistonda 1-maydan boshlab bir qator muhim o‘zgarishlar kuchga kirishi haqida avval xabar berilgandi. NOVA24.uz tahririyati mamlakatdagi eng muhim o‘zgarishlarni eslatib o‘tgan.

Izohlar

Mavzuga oid