Hodisa

Toshkentning ikki tumani aholisi vaqtincha gazsiz qoladi — manzillar

Iste’molchilardan uzr so‘raldi.

Фото: Ситуативное

20-avgust kuni Toshkentning Yashnobod va Mirzo Ulug‘bek tumanlarining ayrim joylarida gaz o‘chiriladi, deb xabar bermoqda Hududgaz Poytaxt axborot xizmati.

Gaz ta’minotining uzilishi rejali ta’mirlash ishlari bilan bog‘liq. Quyidagi mahallalarda soat 10:00 dan 18:00 gacha gaz ta’minoti to‘xtatiladi:

  • Yashnobod tumani: “Go‘zal”, “Olmos”, “Chinor” mahallalari, Tuzel mavzesi va Maxtumquli ko‘chasida 260 ta xususiy va 89 ta ko‘p qavatli uy.
  • Mirzo Ulug‘bek tumani: “Mevazor” mahallasida 810 ta xonadon.

Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raldi.

Avvalroq yil boshidan buyon iste’molchilarga kommunal xizmatlar uchun asossiz hisoblangan qariyb 20 milliard so‘m mablag‘ qaytarilgani haqida xabar berilgandi. Mablag‘lar 48 mingdan ortiq jismoniy va 100 dan ortiq yuridik iste’molchilarga qaytarildi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная