Toshkentning bir tumanida yashovchi ayrim fuqarolarda elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilishi mumkin
Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raldi.

17-iyun kuni Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi bir nechta mahallalarda elektr energiyasi ta’minoti to‘xtatiladi.
35/10/6 kVli “Charog‘on” podstansiyasida modernizatsiya ishlari olib borilishi munosabati bilan avariya holatlarining oldini olish maqsadida quyidagi manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi:
- Mirzo Ulug‘bek tumani: “Shukur Burhonov”, “Alisher Navoiy”, “Sho‘rtepa”, “Nodirabegim”, “Alpomish” va “Yalongoch” mahallalarida soat 09:00 dan 18:00 gacha.
Iste’molchilar saytlardagi ishlar muddatidan oldin yakunlanishi mumkinligi haqida ogohlantirildi va yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so’raldi.
Avvalroq O‘zbekistonda yuzlab million so‘mlik elektr energiyasini talon-toroj qilgan kompaniyalar aniqlangani haqida xabar berilgandi. Ayblanuvchilarga besh yilgacha qamoq jazosi tahdid solmoqda.
Izohlar