Toshkentning bir tumanida issiq suv ta’minotida uzilishlar bo‘lishi kutilmoqda
Issiqlik ta’minotini kechga yaqin qaytarish rejalashtirilgan.

5-dekabr kuni yuqori bosimli magistral gaz quvurida rejali ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan Toshkentning bir tumani qisman issiqlik ta’minotisiz qoldi, deya xabar bermoqda Veolia Energy matbuot xizmati.
“Hududgaz Poytaxt” filialiga qarashli yuqori bosimli magistral gaz quvurida soat 10:00 dan 18:30 gacha 7-IM qozonxonalari faoliyati vaqtincha to‘xtatiladi.
Natijada Yashnobod tumanining quyidagi manzillarida issiqlik ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar bo‘lishi mumkin: Qorasuv, Beshariq, Birlashgan, Birlashgan 2-tor ko‘chasi, Elbek, Asalobod, Quruvchilar, Uysozlar, Parkent, Cho‘lpon, Alimkent, Ohangaron shossesi; Uysozlar — 1 ta; Asalobod — 1, 2; Aviasozlar mavzesi — 1, 1a, 2, 3, 4.
Avvalroq Toshkentda qishda yorug‘lik, gaz va issiqlik ta’minotini 24 soat monitoring qilish shtabi paydo bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Ishchi guruh fuqarolarning shikoyatlarini ham hal qiladi.
Izohlar