Toshkentning bir tumanida gaz o‘chiriladi
Iste’molchilardan uzr so‘raldi.

26-avgust kuni Toshkentning Shayxontohur tumanidagi ba’zi joylarda gaz o‘chiriladi, deya xabar berdi tuman hokimligi matbuot xizmati.
Gaz ta’minotining uzilishi rejali ta’mirlash ishlari bilan bog‘liq. Quyidagi manzillarda soat 10:00 dan 18:00 gacha gaz ta’minoti to‘xtatiladi:
- “Labzak” mahallasida — 1 200 ta xususiy uy va 1 ta ko‘p qavatli uy;
- “Markaz” mahallasi — 12, 13, 14, 15-sonli ko‘p qavatli uylar;
- ulgurji iste’molchilar — 39.
Iste’molchilardan uzr so‘ralib, ta’mirlash ishlari muddatidan oldin yakunlanishi mumkinligi haqida ogohlantirildi.
Avvalroq 2025-yil boshidan buyon iste’molchilarga kommunal xizmatlar uchun asossiz hisoblangan qariyb 20 milliard so‘m mablag‘ qaytarilgani haqida xabar berilgandi. Mablag‘lar 48 mingdan ortiq jismoniy va 100 dan ortiq yuridik iste’molchilarga qaytarildi.
Izohlar