Toshkentning bir tumani aholisi vaqtincha chiroqsiz qoladi — manzillar
Elektr ta’minotini kechga yaqin qaytarish rejalashtirilmoqda.

7-dekabr kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi bir nechta mahallalarda elektr ta’minoti uzilishi kutilmoqda, deb xabar bermoqda HET matbuot xizmati.
Avariyaviy holatlarning oldini olish maqsadida elektr qurilmalarida ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan Fidokor, Mashinasozlar, Do‘stobod va Selmash MFYlarida soat 08:30 dan 19:30 gacha elektr ta’minoti o‘chiriladi.
Iste’molchilar saytlardagi ishlar muddatidan oldin yakunlanishi mumkinligi haqida ogohlantirildi va yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so’raldi.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent viloyatidagi elektr tarmoqlari xususiy sektorga beriladi. Rasmiylar elektr energiyasini ishlab chiqarish va yetkazib berishda tadbirkorlarni jalb qilishni rivojlantirmoqda.
Izohlar