Hodisa

Toshkentning bir qismi chiroqsiz qoladi

Elektr ta’minoti rejalashtirilgan vaqtdan oldin qaytarilishi mumkin.

28-iyun kuni Toshkent shahri Shayxontohur tumanining ayrim hududlarida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, uzilishlar elektr tarmoqlarida ta’mirlash-profilaktika ishlari olib borilishi munosabati bilan amalga oshiriladi. Quyidagi joylarda soat 09:00 dan 17:00 gacha chiroq yoqilmaydi:

  • Shayxontohur tumani: «Zangiota,» «Samarqand darvoza,» «Eshonguzar,» «Yangiobod,» «Kattabog‘» va «Kamolon» mahallalarida.

Ta’mirlash ishlari belgilangan muddatdan oldin yakunlanishi mumkin, shunda elektr ta’minoti muddatidan oldin tiklanadi. Vaqtinchalik noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raldi.

Avvalroq o‘zbekistonliklar chiqindilardan elektr energiyasidan foydalanishi xabar qilingandi. Mamlakatning 7 ta hududida chiqindilarni elektr energiyasiga qayta ishlash loyihalari ishga tushiriladi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная