Toshkentning beshta tumanida issiq suv ta’minotida uzilishlar bo‘lishi mumkin
Suv ta’minoti uzilishi yuqori bosimli gaz quvuridagi rejali ishlar bilan bog‘liq.

Toshkentning beshta tumanida issiq suv ta’minotida uzilishlar bo‘lishi mumkin.
22-may kuni Toshkentning Yunusobod, Olmazor, Chilonzor, Mirzo Ulug‘bek va Yashnobod tumanlarida issiq suv ta’minotida uzilishlar bo‘lishi mumkin, deya xabar bermoqda Veolia Energy.
Ma’lumotlarga ko‘ra, issiq suv ta’minotidagi uzilishlar “Hududgaz Poytaxt” tashabbusi bilan soat 10:00 dan 18:00 gacha yuqori bosimli gaz quvurida olib borilayotgan rejali profilaktika ishlari bilan bog‘liq bo‘lib, bir qator issiqlik manbalarida gazning to‘liq yoki qisman o‘chishi, bu esa issiq suv ta’minotida uzilishlarga olib kelishi mumkin. Yunusobod, Olmazor, Chilonzor, Mirzo Ulug‘bek tumanlarining quyidagi manzillarida suv ta’minoti bo‘lmaydi:
- Ko‘chalar: Amir Temur, Mustaqillik, Ahmad Donish, Sharof Rashidov, Yahyo Gʻulomov, Shahrisabz, Shastri, Yangishahar, Dehqonobod, Sohibkor, Katta halqa yo‘li, Shahriston, Uch Qahramon, Moyqo‘rg‘on, Rixsiliy, Yangi Yunusobod, Yunusota, Jumamasjid, Osiyo, Bog‘ishamol, Minor 1-berk ko‘chasi, Chingiz Aytmatov, Kichik halqa yo‘li, Hamid Olimjon, Mingo‘rik, Abdulla Qodiriy, Bodomzor, Ko‘rgazma, Qozitarnov, Gʻirg‘irtepa, Shivli, Shuhrat, Bog‘iravon, Mukarrama Turg‘unboyeva, Gulsaroy, Sebzor, Oltinsoy, Shimoliy, Olmazor, Zulfiyaxonim, Labzak, Nurafshon, Qoraqamish, Qoraqamish 1-ko‘chasi, Talabalar, Universitet, Beltepa, Farobiy, Beruniy, Muxbir, Mirzo Gʻolib, Shifokorlar, Shifokorlar 2-ko‘chasi, Qamarniso.
- Massiv va mavzelar: Beltepa, Ibn Sino-1 va 2, Jarariq, Qamarniso, Beshqo‘rg‘on 1-4, Olimpiya, Shifokorlar shaharchasi, Talabalar shaharchasi, O‘zMU, ToshDTU zonalari, Yunusobod mavzelari 1-19, M-1, M-2, M-4, M-5, M-6, M-12, M-15, M-17, M-18 (Sebzor), Taxtapul, Qoraqamish 1/1, 1/2, 1/3, 1/4, 2/1, 2/3, 2/4, 2/5, Hamid Olimjon maydoni.
Shuningdek, Mirzo Ulug‘bek, Yunusobod va Yashnobod tumanlarining quyidagi manzillarida suv ta’minoti bo‘lmaydi:
- Ko‘chalar: Mustaqillik, Mirzo Ulug‘bek, Buyuk Ipak yo‘li, Qori Niyoziy, Muhammad Yusuf, Sayram, Tamaraxonim, Oqqo‘rg‘on, O‘tkir Sultonov, Osiyo, Lev Tolstoy, Navnihol, Navnihol 3-ko‘chasi, Yassi, Qalandar, Bo‘z, Sayram, Chust, Katta Darxon 5- va 7-tor ko‘chalari, Katta Darxon 2-tor ko‘chasi, Geologiya, Ibrohim Mo‘minov, Niyozbek yo‘li, Kichik halqa yo‘li, Katta halqa yo‘li, Do‘rmon yo‘li, Shahriobod, Ziyolilar, Mirzakalon Ismoiliy, Parkent, Bog‘ishamol, Namangan, Zarbuloq, Qirqiyigit, Tamaraxonim, Ozodlik, Feruza tor ko‘chalari.
- Massiv va mavzelar: Yalang‘och, Toshselmash, Mavlono Riyoziy, Bo‘z-1, Bo‘z-2, Feruza, ToshGRES shaharchasi, Hamid Olimjon maydoni, Toshkent davlat agrar universiteti hududi.
Qayd etilishicha, gaz ta’minoti tiklanishi bilanoq mutaxassislar issiq suv ta’minotini tiklashga kirishadi. Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raldi.
Avvalroq O‘zbekiston ilk bor yomg‘ir yog‘dirishga urinib ko‘rishi haqida xabar berilgandi. Loyiha uzoq yillar davomida qurg‘oqchilik va suv tanqisligi muammosi saqlanib qolgan mintaqada amalga oshirilgan.
Izohlar