Hodisa

Toshkentning ayrim hududlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi — manzillar

Kechga yaqin ta’minot tiklanadi.

19-avgust kuni Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumani aholisi vaqtincha gazdan uziladi, deb xabar bermoqda Hududgaz Poytaxt.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mutaxassislar ta’mirlash ishlarini olib boradi. Shu munosabat bilan quyidagi manzillarda gaz ta’minoti soat 10:00 dan 18:00 gacha to‘xtatiladi:

  • “Zakovat” MFY — 46 ta uy xo‘jaligi va 2 ta ulgurji iste’molchi.

Ishlar yakunlangach, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi. Kompaniya keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘radi.

Avvalroq Toshkentda issiqlik va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkinligi xabar qilingandi. Veolia Energy bosh direktorining ta’kidlashicha, agar tariflar har yili oshirilmasa, kelajakda narxlarni 40-50 foizga oshirishga to‘g‘ri keladi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная