Toshkentning ayrim aholisi vaqtincha gazsiz qoladi — manzillar
Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raldi.

16-sentyabr kuni Toshkentning Sergeli, Olmazor va Shayxontohur tumanlarining ayrim joylarida gaz o‘chiriladi, deya xabar berdi “Hududgazta’minot” matbuot xizmati.
Gaz ta’minotining uzilishi rejali ta’mirlash ishlari bilan bog‘liq. Quyidagi manzillarda gaz ta’minoti to‘xtatiladi:
- Olmazor tumani: soat 10:00 dan 17:00 gacha O.Hamitov ko‘chasida;
- Sergeli tumani: 11:00 dan 17:00 gacha “Nomdanak”, “Xonobod”, “Qutbaraqa” mahallalarida;
- Shayxontohur tumani: “Charx Novza” MFY, Oqtepa MFY va Yangiobod ko‘chasida soat 10:00 dan 18:00 gacha.
Avvalroq Toshkent viloyatida aholi milliardlab so‘mlik gazni noqonuniy sarflagani haqida xabar berilgandi. Jinoyatchilardan biri uyida novvoyxona ochishga qaror qilgan.
Izohlar