Hodisa

Toshkentning ayrim aholisi vaqtincha elektr ta’minotisiz qoladi

Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raldi.

Фото: Ситуативное

17-sentyabr kuni Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi bir nechta mahallalarda elektr ta’minoti uziladi, deya xabar bermoqda tuman hokimligi matbuot xizmati.

Elektr qurilmalarida ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan avariya holatlarining oldini olish maqsadida quyidagi manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi:

  • Mirzo Ulug‘bek tumani: “Ijodkor”, “Iqtidor”, “Chingeldi”, “Alisherobod”, “Geofizika”, “Temuriylar” va “Sarbon” mahallalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha.

Iste’molchilar saytlardagi ishlar muddatidan oldin yakunlanishi mumkinligi haqida ogohlantirildi va yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so’raldi.

Eslatib o‘tamiz, energetika vaziriga elektr ta’minotidagi uzilishlar sabab senator so‘rovi kelib tushgandi. Uzoq muddatli elektr uzilishlari tufayli iste’molchilar ko‘plab zarar ko‘rmoqda.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная