Hodisa

Toshkentning ayrim aholisi tunda chiroqsiz qoladi — manzillar

Elektr ta’minoti ertalabgacha qaytariladi.

23-oktyabr kuni Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi bir nechta mahallalarda elektr energiyasi ta’minoti to‘xtatiladi, deb xabar bermoqda HET axborot xizmati.

Mingchinor, Qo‘shchinor, Adolat, Akbarobod, Husniobod, Yurtobod, Shoshtepa, Mehnatobod, Beg‘ubor, Qadrdon, Xalqobod, Muruvvat, Ahmad Donish, O‘zbekiston mustaqilligi, Yunusota, Sevinch, Yangibog‘, Ahilobod, Bog‘ishamol, Bog‘ieram, Uch Qahramon, Shahriston, G‘ayratiy, Anorzor, Bobodehqon mahalla fuqarolar yig‘inlarida avariyaviy holatlarning oldini olish maqsadida elektr qurilmalarida ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan soat 00:00 dan 05:00 gacha elektr ta’minoti o‘chiriladi.

Iste’molchilar saytlardagi ishlar muddatidan oldin yakunlanishi mumkinligi haqida ogohlantirildi va yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so’raldi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston qishda energiya iste’moli bo‘yicha yangi rekord o‘rnatishi mumkin. Rasmiylar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlikni 5-oktyabrgacha yakunlashni rejalashtirmoqda.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная