Toshkentning ayrim aholisi gazsiz qoladi — lokatsiyalar
Kechga borib ta’minot tiklanadi.

16-oktyabr kuni Toshkentning Shayxontohur tumanidagi ba’zi joylarda gaz o‘chiriladi, deb xabar bermoqda “Hududgazta’minot” axborot xizmati.
Gaz ta’minotining uzilishi rejali ta’mirlash ishlari bilan bog‘liq. Ibn Sino mahallasida soat 09:00 dan 18:00 gacha gaz ta’minoti to‘xtatiladi.
Iste’molchilar saytlardagi ishlar muddatidan oldin yakunlanishi mumkinligi haqida ogohlantirildi va yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so’raldi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda issiqxonalarni uzluksiz gaz bilan ta’minlash orqali mahsulot eksporti oshiriladi. Shuningdek, hukumat 2028-yil oxirigacha ijtimoiy soliq stavkasini 1 foiz darajasida belgilashni rejalashtirmoqda.
Izohlar