Toshkentning ayrim aholisi gazsiz qoladi — lokatsiyalar
Ta’mirlash ishlari muddatidan oldin tugashi mumkin.

3-oktyabr kuni Toshkentning Yangihayot tumanidagi ayrim joylarda gaz o‘chiriladi, deb xabar bermoqda “Hududgaz Poytaxt” matbuot xizmati.
Gaz ta’minotining uzilishi rejali ta’mirlash ishlari bilan bog‘liq. Quyidagi mahallalarda soat 10:00 dan 18:00 gacha gaz ta’minoti to‘xtatiladi:
- “Olchazor”.
Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raldi.
Avvalroq O‘zbekistondagi gaz quyish shoxobchalari faoliyati real vaqt rejimida kuzatib borilishi haqida xabar berilgan edi. Tizim tabiiy gaz hisobini yuritadi, xodimlar faoliyatini nazorat qiladi va haydovchilarni nomaqbul yoqilg‘i haqida ogohlantiradi.
Izohlar