Hodisa

Toshkentliklar tungi badbo‘y hiddan shikoyat qildi

Murojaatlar bir vaqtning o‘zida beshta tuman aholisidan kelib tushgan.

2-sentyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda ba’zi aholi Toshkentda yana sassiq hiddan shikoyat qildi. Mutasaddi idoralar hozircha vaziyatga izoh bermadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Do‘mbirobod shahri, Chilonzor tumani 1-10-12-mavzelari, Yashnobod tumani, Yunusobod tumani, Qorasuv ko‘chasi, Parkent tumani va hatto Darxon mahallasida ham aholidan shikoyat kelib tushgan. Aholining so‘zlariga ko‘ra, badbo‘y hid odatdagidek — kechasi 22:00 dan 00:00 gacha boshlanib, ertalabgacha tarqaladi.

Eslatib o‘tamiz, Qirg‘izistonning chegaradosh hududlari aholisi Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumanidagi chiqindi poligoni va sovun zavodidan kelayotgan hiddan shikoyat qilgandi. Tomonlar ikki davlatning sanitariya-epidemiologiya va ekologiya laboratoriyalari bilan birgalikda obyektlarni joyiga chiqqan holda monitoring qilishga qaror qildilar.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная