Hodisa

Toshkentliklar shamol kuchayishidan ogohlantirildi

Aholidan ehtiyot bo‘lish va mashinalarni daraxtlar ostida qoldirmaslik so‘ralgan.

Toshkentliklar shamol kuchayishidan ogohlantirildi

Toshkent aholisi ob-havo yomonlashishi haqida ogohlantirildi, deb xabar bermoqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati.

Ma’lumotlarga ko‘ra, kuchli shamol tufayli shaharda simlar uzilishi, daraxtlar qulashi va havoda katta miqdorda chang to‘planishi mumkin. Shu munosabat bilan toshkentliklardan, ayniqsa, allergiyasi yoki changga sezuvchanligi yuqori bo‘lgan fuqarolarning ko‘chada yurishini cheklash so‘raldi.

Bundan tashqari, ma’muriyat fuqarolarga avtomobillarni daraxtlar va elektr uzatish liniyalari ostida qoldirmaslikni va shahar bo‘ylab harakatlanishda ehtiyot bo‘lishni maslahat berdi. Poytaxt aholisi va mehmonlaridan o‘zlari, yaqinlari va shaxsiy mulklarini asrash so‘ralgan. Favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda aholiga 1050, 1055, (71) 212-69-80, (71) 212-69-82 telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilish tavsiya etildi.

Avvalroq sinoptiklar O‘zbekistonda jazirama bahordan keyin yoz qanday bo‘lishini ma’lum qilgandi, shuningdek, ekspertlar ekstremal haroratni istisno qilmayapti. Yog‘ingarchilik kam bo‘lishi kutilmoqda.

Izohlar

Mavzuga oid