Toshkentdan Moskvaga ba’zi reyslar samolyotning kech kelishi sababli kechiktiriladi
Uzbekistan Airways yangilangan jadvalni e’lon qildi.

13-avgust kuni Toshkentdan Moskvaga ba’zi reyslar samolyotning kechikib kelishi sababli kechiktiriladi, deb xabar bermoqda Uzbekistan Airways matbuot xizmati.
Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, HY603/604 va 601/602 reyslari kechikadi:
HY603 reysi:
- Toshkentdan uchish: 11:00;
- Moskvaga yetib kelish vaqti: 13:10.
HY604 reysi:
- Moskvadan uchish: 14:20;
- Toshkentga kelish: 20:05.
HY601 reysi:
- Toshkentdan uchish: 21:20;
- Moskvaga kelish: 23:30.
HY602 reysi:
- Moskvadan uchish: 00:50 (14-avgust);
- Toshkentga kelish: 06:35 (14-avgust).
Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonliklarga samolyotda o‘zini yomon his qilmaslik yo‘llari tushuntirilgandi. 2025-yil boshidan beri bortda beshta o‘lim holati qayd etilgan va ularning barchasi belgilangan manzilga yetib borgunga qadar sodir bo‘lgan.
Izohlar