Toshkentdagi podstansiyada tunda transformator yonib ketdi
Hudud bir necha soat davomida elektr ta’minotisiz qoldi.

17-iyulga o‘tar kechasi soat 01:31 atrofida Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani Avayxon ko‘chasidagi “Qorasuv” podstansiyasida yong‘in sodir bo‘ldi, deya xabar qildi shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati.
Yong‘in transformatorni qamrab oldi. Yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 01:37 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 02:06 da o‘chirilgan.
“Toshkent shahar elektr tarmoqlari” xabariga ko‘ra, bunga yuqori kuchlanishli uskunalarning haddan tashqari yuklanishi tufayli qisqa tutashuv sabab bo‘lgan. Avariya soat 02:30 da bartaraf etilgan.
Hududda elektr ta’minoti to‘liq tiklandi. Jabrlanganlar yo‘q.
Izohlar