Hodisa

Toshkentdagi klinikada bolaning o‘limi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Bosh prokuratura tergov boshladi.

Paeonnis klinikasida o‘tkazilgan operatsiya vaqtida 9 yoshli bolaning o‘limi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Idora ma’lumotlariga ko‘ra, bunga aloqador shaxslarni so‘roq qilish, ko‘p vaqt talab qiladigan ekspertizalarni tayinlash va tergov harakatlarini o‘tkazish zarur, ularsiz ushbu holat bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilish mumkin emas. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 116-moddasi (Kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Aybdorlar 8 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, voqea 25-avgust kuni Paeonnis klinikasida sodir bo‘lgan. Avvalroq bola ushbu klinikada tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan. Burun operatsiyasi (rinoplastika) dan so‘ng u vafot etdi. Toshkent prokuraturasi hodisa faktini tasdiqladi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная