Hodisa

Toshkentda zakladchik birinchi ish kunidayoq ushlandi

Endi yigit 20 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.

Toshkentda zakladchik birinchi ish kunidayoq ushlandi

Toshkent shahrida huquq-tartibot idoralari xodimlari ishlagan birinchi kunidayoq giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxsni qo‘lga oldi, deb xabar beradi IIV Bosh boshqarmasi matbuot xizmati.

Voqea Mirobod tumanida sodir bo‘lgan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari maxsus operatsiya o‘tkazdi va uning davomida shubhali yigitni qo‘lga oldi. Ko‘zdan kechirish chog‘ida yigitdan uchta o‘ram topilgan, ekspertiza shuni ko‘rsatadiki, unda 2,07 gramm giyohvandlik moddasi bo‘lgan.

Hibsga olingan shaxsning uyida tintuv o‘tkazilganda yana 20 gramm taqiqlangan modda aniqlangan. Ayblanuvchining so‘zlariga ko‘ra, u ijtimoiy tarmoqlarda ish topgan va pulga juda muhtoj bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadida qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, olish, saqlash va boshqa harakatlar, shu jumladan ularni realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Endi yigit 20 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin. Mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari boshlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda yosh giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslar ham qo‘lga olingan edi. Yigitlar giyohvand moddalarni tosh deb adashganini aytishdi.

Izohlar

Mavzuga oid