Hodisa

Toshkentda yuqori sinf o‘quvchisi uchinchi sinf o‘quvchisini kaltaklaganlikda ayblandi — video

MMTB hodisaga oydinlik kiritdi, ish bo‘yicha tergov boshlandi.

Toshkentda yuqori sinf o‘quvchisi uchinchi sinf o‘quvchisini ayovsiz kaltakladi, deb xabar bermoqda poytaxt MMTB axborot xizmati.

Ma’lum bo‘lishicha, hodisa 4-oktyabr kuni darsdan so‘ng, taxminan soat 16:30 larda bolalar futbol o‘ynash uchun uydan chiqqan vaqtda sodir bo‘lgan. Bektemir tumanidagi 293-maktabning 3-sinf o‘quvchisi velosipedda ketmoqchi bo‘lganida, Bektemir tumanidagi 290-maktabning 9-sinf o‘quvchisi uni haqorat qilib, velosipedning orqa g‘ildiragini oyog‘i bilan tepgan.

Oqibatda 3-sinf o‘quvchisi yuztuban yiqilib, tan jarohati olgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan tuman IIB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. Idora ma’lumotlariga ko‘ra, bolaning sog‘lig‘i me’yorda, ahvoli yaxshi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda besh nafar maktab o‘quvchisi sinfdoshini kaltaklagandi. O‘g‘il bolalar navbatma-navbat qizning orqasi va ko‘kragiga zarbalar berishgan, uni tepishgan.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная