Toshkentda YTH tufayli yo‘l o‘rtasida avtomobil ag‘darilib ketdi
Jabrlanganlar yo‘q.

Toshkentda KIA va Tracker-2 avtomobillari to‘qnashib ketishi oqibatida ulardan biri ag‘darilib ketdi, deb xabar bermoqda IIBB matbuot xizmati.
Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea 14-oktyabr kuni Yunusobod tumani Rixsiliy-Uch Xarox ko‘chalari chorrahasida sodir bo‘lgan. KIA va Tracker-2 avtomobillari to‘qnashib ketishi oqibatida KIA rusumli yengil avtomobil qatnov qismining o‘rtasida ag‘darilib ketgan. Qayd etilishicha, yo‘l-transport hodisasi oqibatida hech kim jabrlanmagan.
Huquq-tartibot idoralari xodimlari holat yuzasidan surishtiruv ishlarini boshlagan. Boshqarma YHQga rioya qilish, yo‘llarda ehtiyotkor va e’tiborli bo‘lish zarurligini eslatdi.
Avvalroq Toshkentda ikkita Matiz haydovchilari YTHga uchragani to‘g‘risida xabar berilgandi. Jabrlanganlar bor, YHXX tergov boshladi.
Izohlar