Toshkentda YPX xodimini kapotda sudrab ketgan haydovchi qo‘lga olindi — video
Yo‘l harakati qoidalarini buzganligi uchun haydovchida yuzdan ortiq jarimalar to‘planib qolgan, jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Toshkentda YPX xodimini avtomobil kapotida aylantirgan yigitga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, deb xabar bermoqda YHXX matbuot xizmati.
Aniqlanishicha, 2001-yilda tug‘ilgan haydovchida jami 144 ta qoidabuzarlik qayd etilgan. Shundan 38 ta qoidabuzarlik muddati o‘tkazib yuborilgan, 30 tasi IIV organlariga o‘tkazilgan, qarzdorlikning umumiy summasi 18 mln 90 ming so‘mni tashkil etadi.
Erkak voqea sodir bo‘lgan kuni qo‘lga olingan. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 219-moddasi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov boshlandi. U 3 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.
Izohlar