Toshkentda yo‘lning o‘zida MAN yuk mashinasi butunlay yonib ketdi
Mutaxassislar hozircha yong‘in sababini aniqlamadi.

1-iyun kuni Toshkent ko‘chasida MAN yuk mashinasi to‘liq yonib ketdi, deb xabar bermoqda poytaxt FVB matbuot xizmati.
Hodisa soat 11:31 da sodir bo‘lgan. Toshkent shahar Olmazor tumani Toshkent halqa yo‘li ko‘chasida MAN rusumli yuk mashinasida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida shahar FVBga xabar kelib tushgan. Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga soat 11:35 da yetib borib, yong‘in soat 11:39 da bartaraf etilgan.
Yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Namangandagi gaz quyish shoxobchasida “VAZ” avtomobili yonib ketgandi. Qutqaruvchilar voqea joyiga zudlik bilan yetib kelishdi. Yoqilg‘i quyish shoxobchasi binosiga zarar yetmagan.
Izohlar