Toshkentda yo‘l ta’mirlanayotgan joyda yong‘in sodir bo‘ldi
Yong‘in oqibatida polietilen mahsulotlarining bir qismi yonib ketgan.

7-iyul kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. Poytaxt FVB voqeaga izoh berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Olmazor tumani Qorasaroy ko‘chasida joylashgan “Islom sivilizatsiyasi markazi” yonidagi yo‘l ta’mirlash ishlari olib borilayotgan joydagi konteynerda yong‘in kelib chiqqan. Yong‘in soat 11:32 da yong‘in-qutqaruv navbatchilik qismi tomonidan zudlik bilan bartaraf etilgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘qligi aytilmoqda. Ko‘rsatilgan joyda konteynerdagi 2 kvadrat metr maydonda polietilen mahsulotlari yonib zararlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda turar joy binosi yonida elektromobil yonib ketgan, jabrlanganlar bor. Mutaxassislar yong‘in sabablarini aniqlamoqda.
Izohlar