Hodisa

Toshkentda yo‘l o‘rtasida Spark to‘liq yonib ketdi — video

Yong‘in sababi hozircha aniqlanmoqda, jabrlanganlar yo‘q.

5-avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda avtomobil yonayotgani aks etgan video tarqaldi. Poytaxt FVB voqeaga izoh berdi.

Aniqlanishicha, yong‘in soat 12:52 da sodir bo‘lgan. Toshkent shahar Mirobod tumani Nukus ko‘chasida Spark avtomobili yonib ketgani to‘g‘risida FVBga xabar kelib tushgan. Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari ko‘rsatilgan manzilga soat 12:59 da yetib borib, yong‘in soat 13:06 da bartaraf etilgan.

Yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi aniqlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda sintepon ishlab chiqaruvchi fabrikada yong‘in sodir bo‘lgandi. Voqea joyiga poytaxt FVB rahbariyati va mutasaddi tashkilotlar vakillari yetib borgan.

Асия Мамадиярова
Редактор «NOVA24»

Izohlar

Mavzuga oid

Главная