Hodisa

Toshkentda yigit maktab o‘quvchisini o‘tkir buyum bilan jarohatladi

Huquq-tartibot idoralari xodimlari jinoyat ishi qo‘zg‘atdi.

Фото: ситуативное

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda maktab o‘quvchilari mushtlashgani haqida xabarlar tarqaldi. IIBB ma’lumotlariga ko‘ra, voqea 11 sentyabr kuni soat 22:30 larda Mirobod tumanidagi 2-uy yaqinida sodir bo‘lgan.

2005-yilda tug‘ilgan yigit o‘z tengdoshi bilan ketayotganda, ular va bir guruh maktab o‘quvchilari o‘rtasida og‘zaki janjal kelib chiqqan. Mojaro davomida yigitlar ulardan biri — voyaga yetmagan Sh.O. (2008-yilda tug‘ilgan) bilan janjallashib qolgan.

Janjal avjida bir yigit maktab o‘quvchisini o‘tkir jism bilan jarohatlagan. Jabrlanuvchi shifoxonaga yotqizilgan, uning ahvoli shifokorlar nazoratida.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda, ularning yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinadi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная