Hodisa

Toshkentda yarim million dona muddati o‘tgan ichimliklar saqlanadigan ombor yopildi

Mahsulotlar yo‘q qilindi va obyekt ustidan nazorat o‘rnatildi.

Toshkentning Sergeli tumanida iste’mol qilish uchun xavfli bo‘lgan salqin ichimliklar saqlanadigan omborxona aniqlandi, deb xabar bermoqda SES matbuot xizmati.

Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, mahsulotning yaroqlilik muddati tugagan, qadog‘i esa shikastlangan. Olib qo‘yilgan mahsulotlarning umumiy hajmi 700 ming litrdan ortiqni tashkil etdi.

SES qaroriga ko‘ra, ichimliklar yo‘q qilishga yuboriladi. Aholi salomatligiga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan tovarlar paydo bo‘lishining oldini olish maqsadida bozorda doimiy nazorat davom etmoqda.

Avvalroq Toshkentda ko‘p miqdorda muddati o‘tgan spirtli ichimliklar savdosiga chek qo‘yilgani haqida xabar berilgandi. Jinoyatchilar maxsus suyuqlik yordamida tovarlar qadog‘idagi yaroqlilik muddatini o‘zgartirib, ularni sotishgan.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная