Toshkentda yangi qurilgan uyning yuqori qavatida yong‘in sodir bo‘ldi — video
Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.

22-may kuni Toshkentda yangi qurilgan uyning 11-qavati yonib ketdi, deb xabar bermoqda FVV matbuot xizmati.
Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea Yashnobod tumani Ohangaron ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uyda sodir bo‘lgan. Yong‘in to‘g‘risidagi ma’lumot yong‘in-qutqaruv qismiga soat 12:52 da kelib tushgan.
Voqea joyiga zudlik bilan o‘t o‘chiruvchilar, Toshkent va tuman FVB rahbarlari yetib borgan. Yong‘in soat 13:19 da qurshab olingan va soat 13:43 da to‘liq o‘chirilgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.
Avvalroq Toshkentda turar-joy binosi ortida yirik yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Bunga kuygan quruq o‘t sabab bo‘lgan.
Izohlar