Toshkentda yana yong‘in sodir bo‘ldi — video
Bu safar Risoviy bozori yonib ketdi.

15-may kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida yana yong‘in sodir bo‘lgani haqida ma’lumot tarqaldi. Poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi voqea yuzasidan izoh berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, yong‘in Mirobod tumanidagi Oltinkul ko‘chasida sodir bo‘lgan. Soat 14:24 da shahar yong‘in xavfsizligi bo‘limiga buzilayotgan binoda yong‘in chiqqani haqida xabar kelib tushgan. O‘t o‘chirish va qutqaruv guruhlari voqea joyiga soat 14:36 da yetib keldi va hozirda yong‘inni o‘chirish ishlari olib borilmoqda.
Vaziyat to‘liq o‘t o‘chirish xizmati nazoratida. Qo’shimcha ma’lumotlar taqdim etiladi.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahrida sanoat zonasidagi ombor yong‘inga uchragan : voqea joyiga Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyati yetib kelgan. Hodisga joyiga to‘rtta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borgan. Jabrlanganlar haqida ma’lumot yo‘q.
Izohlar