Hodisa

Toshkentda xususiy uy yonib ketdi — video

Qutqaruvchilar yong‘inni 14 daqiqada o‘chirishga muvaffaq bo‘ldi.

Toshkentda xususiy uy yonib ketdi — video

8 may kuni Toshkent shahrida xususiy xonadon yonib ketdi, deb xabar qildi Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.

Ma`lumotlarga ko’ra, voqea Mirobod tumani Sarakul ko’chasida sodir bo’lgan. Qutqaruvchilarga soat 14:40 da xususiy uyda yong‘in chiqqani haqida qo‘ng‘iroq kelib tushgan. Voqea joyiga soat 14:50da yetib kelgan yong‘in-qutqaruv guruhlari yong‘inni soat 14:47da mahalliylashtirib, soat 15:04da yong‘inni muvaffaqiyatli o‘chirishga muvaffaq bo‘ldi.

Qayd etilishicha, hodisa natijasida hech kim jabrlanmagan. Hozirda mutaxassislar yong‘in sabablari va moddiy zarar ko‘lamini aniqlamoqda.

Avvalroq Navoiyda savdo markazi yonib ketgani haqida xabar berilgandi. Yong‘in binoning yuzlab kvadrat metrlarini yoqib yubordi.

Izohlar

Mavzuga oid