Hodisa

Toshkentda uy derazalari ostida elektromobil yonib ketdi — video

Jabrlanganlar yo‘q.

28-avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar tarqaldi. Poytaxt FVB voqeaga izoh berdi.

Ma’lum qilinishicha, yong‘in Toshkent shahar Chilonzor tumani Bunyodkor ko‘chasida sodir bo‘lgan. Ma’lum qilinishicha, turar joy binosi oldida turgan elektromobil yonib ketgan. Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari ko‘rsatilgan manzilga soat 08:15 da yetib borib, yong‘in soat 08:19 da o‘chirilgan, tan jarohati olganlar yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda Islom sivilizatsiyasi markazi yonib ketgandi. FVVning ma’lum qilishicha, binoda yong‘in tomga izolyatsiya qoplamalarini yotqizish ishlari olib borilayotgan vaqtda sodir bo‘lgan. Binoda noyob eksponatlar saqlanmagan. Bundan tashqari, O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov yong‘in joyiga yetib borgan.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная