Toshkentda turar joy binosi yonida elektromobil yonib ketdi, jabrlanganlar bor
Mutaxassislar yong‘in sabablarini aniqlamoqda.

2-iyul kuni ijtimoiy tarmoqlarda turar joy binosi yonida elektromobil yonib ketgani haqida xabar tarqaldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi voqea yuzasidan izoh berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, yong‘in soat 04:07 da sodir bo‘lgan. Toshkent shahar FVBga Yangihayot tumani “Do‘stlik-2” MFYda joylashgan 13-uy ortida elektromobil yonib ketgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan. Voqea joyiga yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 04:13 da yetib borgan va yong‘in soat 04:25 da to‘liq bartaraf etilgan.
Yong‘in oqibatida bir nafar fuqaro kuyish tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sabablari va yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Toshkentda yo‘lovchi avtobusi to‘g‘ridan-to‘g‘ri harakatlanayotganda tutun chiqargandi. Haydovchi o‘z vaqtida o‘t o‘chirgichdan foydalangan va yong‘inning oldini olishga muvaffaq bo‘lgan.
Izohlar