Toshkentda turar joy binosi yonib ketdi — video
Hodisa oqibatida qurbonlar haqida ma’lumot yo‘q.

25-sentyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar tarqaldi. Poytaxt FVB voqeaga izoh berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, yong‘in soat 13:51 da Chilonzor tumani Beshqo‘rg‘on ko‘chasidagi xususiy uylardan birida sodir bo‘lgan. Voqea joyiga yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 13:54 da yetib borgan. Yong‘in soat 14:12 da o‘rab olingan. Yong‘inni o‘chirish ishlari davom etmoqda.
Ma’lum qilinishicha, vaziyat Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan to‘liq nazoratga olingan. Hodisa oqibatida qurbonlar haqida ma’lumot yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent viloyatida yirik o‘rmon yong‘ini sodir bo‘lgandi. Yong‘in 69 yoshli fuqaro tomonidan ichimlik suvi quvurini payvandlash vaqtida xavfsizlik texnikasi buzilishi oqibatida kelib chiqqan.
Izohlar