13-yanvar kuni tunda Toshkentda Lacetti, Porsche va Spark avtomobillari ishtirokida YTH sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda YHXX matbuot xizmati.

Hodisa soat 01:55 atrofida Shayxontohur tumani Islom Karimov va Botir Zokirov ko‘chalari chorrahasida sodir bo‘lgan. Yo‘lda Lacetti, Porsche va Spark avtomobillari to‘qnashib ketgan.

YTH oqibatida Porsche avtomobili haydovchisiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Ushbu fakt bo‘yicha tergov boshlandi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda ikki kishi halok bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi aybdori qamoqqa olingandi. Haydovchi yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzib, telefonga chalg‘ib ketdi.