Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Sultoniya ko‘chasida transport harakati vaqtincha cheklanishi haqida tuman hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Sultoniya ko‘chasida olib boriladigan ta’mirlash ishlari sababli 12-yanvarga qadar ko‘chadan o‘tish taqiqlanadi. Bundan tashqari, ushbu davrda rasmiylar yondosh hududlarda ham harakatni cheklashni rejalashtirmoqda.
Xususan, Sho‘rtepa ko‘chasi, Sho‘rtepa 1-berk ko‘chasi va Sultoniya 5-berk ko‘chasida. Poytaxt aholisi va mehmonlaridan ushbu davrda aylanma yo‘nalishlardan foydalanish so‘raldi.
Avvalroq Toshkentga kirish joylarida avtoturargohlar tashkil etilishi kirish-chiqishni cheklamasligi va avtomobillar harakatini taqiqlamasligi haqida xabar berilgandi. Avtomobillar uchun joylar fuqarolarning ixtiyoriy tanlovi va qulayligi sifatida yaratiladi.
























