Hodisa

Toshkentda transformator tutab ketdi — video

Katta yong‘inning oldi olindi, mutaxassislar muammoni bartaraf etishga kirishdi.

Toshkentda transformator tutab ketdi — video

21-may kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar tarqaldi. Poytaxt FVB voqeaga izoh berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, tutun soat 13:30 da chiqqan. O‘t o‘chirish qismiga Mirzo Ulug‘bek tumani Lashkarbegi ko‘chasidagi transformatorda qisqa tutashuv sodir bo‘lgani haqida xabar kelib tushgan.

Soat 13:36 da yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga yetib borganida transformatorga olib boruvchi yuqori kuchlanishli elektr simlari uzilganligi aniqlanib, qisqa tutashuv sodir bo‘lgan. Ko‘rsatilgan manzilda yong‘in sodir bo‘lmagan.

Hodisa oqibatida halok bo‘lganlar va jabrlanganlar yo‘q. Hozirda ushbu manzilda tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan ta’mirlash ishlari olib borilmoqda,» deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda turar-joy binosi ortida yirik yong‘in sodir bo‘lgandi. Bunga yonib ketgan quruq o‘t sabab bo‘lgan.

Izohlar

Mavzuga oid