Toshkentda to‘rtta xonadon yonib ketdi
Yong‘in chiqqan xonadonlarning birida yoqilg‘i-moylash mahsulotlari saqlangani taxmin qilinmoqda.

5-iyun kuni Toshkentdagi xonadonlardan birida yong‘in sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda FVV axborot xizmati.
Voqea soat 06:27 da Olmazor tumani Forobiy ko‘chasi 4-uydagi xonadonlardan birida sodir bo‘lgan. Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 06:32 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 07:12 da qurshab olingan. Yong‘in soat 07:34 da o‘chirilgan.
Aniqlanishicha, yong‘in natijasida 4 ta xonadon zarar ko‘rgan, chunki ko‘rsatilgan manzildagi xususiy xonadonlar yonma-yon joylashgan. Yong‘in natijasida aholining hech biri jabrlanmagan. Yong‘in sodir bo‘lgan manzildagi xususiy uylardan birida yoqilg‘i-moylash mahsuloti saqlanganligi taxmin qilinmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Namangandagi gaz quyish shoxobchasida “VAZ” avtomobili yonib ketgandi. Qutqaruvchilar voqea joyiga zudlik bilan yetib kelishdi. Yoqilg‘i quyish shoxobchasi binosiga zarar yetmagan.
Izohlar