Hodisa

Toshkentda to‘qimachilik fabrikasi oqava suvini Bo‘zsuv kanaliga oqizib yubordi — video

Shu bilan birga, kimyoviy chiqindilar bu kanalga birinchi marta tashlanmayapti.

Toshkentda to‘qimachilik fabrikasi oqava suvni Bo‘zsuv kanaliga oqizib yubordi, deb xabar bermoqda “Toshkent shahar suv ta’minoti” axborot xizmati.

Idora voqeani to‘qimachilik korxonalarining beparvoligi va tejamkorlikka intilishi deb atadi, ular oqova suvlarni oldindan tozalamasdan kanalizatsiyaga oqizadi.

Toshkent shahrida uchta tozalash inshooti mavjud bo‘lib, ular shahardan keladigan oqova, ya’ni kanalizatsiya suvlarini tozalashga mo‘ljallangan. Bu inshootlar maishiy oqova suvlarni — oshxona, hammom va hojatxonalardan qabul qilishga mo‘ljallangan bo‘lib, biologik tozalash texnologiyalari bilan jihozlangan. Bunda kimyoviy chiqindilarni dastlabki tozalashni korxonalarning o‘zi amalga oshirishi ko‘zda tutilgan, — deyiladi xabarda.

Belgilangan me’yorlarga ko‘ra, har bir ishlab chiqarish korxonasi lokal tozalash inshootlariga ega bo‘lishi shart. Aynan ular ishlab chiqarishda hosil bo‘ladigan kimyoviy chiqindilarni tozalashi kerak.

Eslatib o‘tamiz, shunga o‘xshash voqea 2022-yilda ham sodir bo‘lgandi. Shundan so‘ng ekologlar mobil laboratoriyaga yetib kelib, kanalga oqizilayotgan oqova suvlardan namunalar olishdi. Tadqiqotlar davomida suvning qora rangi to‘qimachilik korxonalarida ishlab chiqarish jarayonida hosil bo‘ladigan rangli oqova suvlar bilan bog‘liqligi aniqlandi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная