Hodisa

Toshkentda Spark tez yordam mashinasiga borib urildi

Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.

Toshkentda Spark tez yordam mashinasiga borib urildi

13-iyun kuni Spark avtomobili tez yordam mashinasiga borib urilgan, deb xabar bermoqda YHXBB axborot xizmati.

Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea Yangihayot tumani Qipchoq – Qo‘rg‘ontepa ko‘chalari chorrahasida sodir bo‘lgan. 21 yoshli yigit boshqaruvidagi Spark avtomobili Ford tez tibbiy yordam mashinasi bilan to‘qnashib ketdi.

Yo‘l-transport hodisasi natijasida hech kim jabrlanmadi. Ushbu holat bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Avvalroq O‘zbekistonda bolalarni mashina haydashiga yo‘l qo‘yganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishi xabar qilingandi. Prezident maktab o‘quvchilarining avtomashinalarni ijaraga olib, ko‘pincha o‘limga olib keladigan baxtsiz hodisalarga sabab bo‘layotgani muammosiga e’tibor qaratdi.

Izohlar

Mavzuga oid