Toshkentda sifatsiz benzin sotgan yoqilg‘i quyish shoxobchasi jarimaga tortildi
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi yoqilg‘i quyish shoxobchasidan buzilgan avtomobil egasiga moddiy zarar to‘lanishiga erishdi.

Toshkentda sifatsiz AI-92 benzinini sotgan yoqilg‘i quyish shoxobchasi jarimaga tortildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa “Green Dizel” MCHJga qarashli AYQShda sodir bo‘lgan. U yerdan AI-92 markali benzin sotib olgan erkak Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasiga mashinasi ta’mirtalab bo‘lib qolgani haqida shikoyat qilgan. Shu munosabat bilan jabrlanuvchi moddiy zararni qoplashda amaliy yordam ko‘rsatishni so‘ragan.
Holatni o‘rganish maqsadida qo‘mita “O‘zenergoinspeksiya” bilan birgalikda murojaatni o‘rganib chiqdi. Mutaxassislar ushbu benzindan namuna olib, laboratoriya tahlilini o‘tkazishgan va natijada mahsulot sifatsiz va davlat standartiga javob bermasligi aniqlangan.
Shu munosabat bilan qo‘mita fuqaroga jabrlangan fuqaroga yetkazilgan moddiy zarar qoplanishini ta’minladi. “O‘zenergoinspeksiya”, o‘z navbatida, sifatsiz benzin sotgani uchun yoqilg‘i quyish shoxobchalariga moliyaviy jarima soldi.
Avvalroq Andijonda yoqilg‘i quyish shoxobchasi sifatsiz benzin sotgani haqida xabar berilgandi. Korxona jarimaga tortildi va barcha qoidabuzarliklarni tuzatish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan.
Izohlar