Hodisa

Toshkentda Shota Rustaveli ko‘chasining bir qismida harakat uch kunga cheklanadi

Haydovchilarga yo‘nalishlarni oldindan rejalashtirish, shuningdek, tirbandliklarning oldini olish uchun aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya etildi.

Фото: Ситуативное

Toshkentda Shota Rustaveli ko‘chasining bir qismi ta’mirlash ishlari tufayli uch kunga yopiladi, deb xabar bermoqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati.

Ma’lumotlarga ko‘ra, vaqtinchalik cheklov 26-sentyabr kuni soat 17:00 dan 29 sentyabr kuni soat 07:00 gacha Janubiy vokzaldan Sergelidagi “O‘zgarish” ko‘prigigacha bo‘lgan uchastkada amal qila boshlaydi. Mutaxassislar ushbu hududda yo‘l ta’mirlash ishlarini olib boradi.

Poytaxt aholisi va mehmonlaridan keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘ralib, yo‘nalishlarni oldindan rejalashtirish, tirbandliklarning oldini olish uchun aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya etildi.

Avvalroq Toshkentda bir qator avtobuslar yo‘nalishi vaqtincha o‘zgartirilgani haqida xabar berilgandi. Poytaxt aholisidan marshrutlarni rejalashtirishda o‘zgarishlarni hisobga olish so‘ralgan.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная