Hodisa

Toshkentda shilqimlik qilgan 57 yoshli erkak besh sutkaga qamaldi

Mast fuqaro, jabrlanuvchining so‘zlariga ko‘ra, uning belidan ushlab, shimini yechmoqchi bo‘lgan.

Toshkentda mast holda yer osti piyodalar o‘tish joyida notanish ayolga tegajog‘lik qilgan erkak besh sutkaga qamaldi, deyiladi sud qarorida.

Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea 9-noyabr kuni sodir bo‘lgan. 57 yoshli erkak mast holda yer osti yo‘lagida notanish ayolning belidan ushlab, unga nisbatan uyatsiz harakatlar sodir etgan. Xususan, jabrlanuvchining so‘zlariga ko‘ra, erkak yo‘l-yo‘lakay uning oldiga kelib, shimini yechmoqchi bo‘lgan.

Sudda gumonlanuvchi o‘z aybini tan olmadi va huquq-tartibot idoralari xodimlari unga noqonuniy ayblov qo‘yganini, chunki u hech narsa qilmaganini aytdi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudi erkakni Jinoyat kodeksining 41-1-moddasi 1-qismi (Shahvoniy shilqimlik qilish) bilan aybdor deb topib, unga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinladi.

Avvalroq Toshkentda fuqaro shilqimlik qilgani uchun uch sutkaga qamalgani haqida xabar berilgan edi. Sudda erkak aybiga iqror bo‘ldi, pushaymon bo‘ldi va bunday holat boshqa takrorlanmasligiga ishontirdi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная