Toshkentda shifokorlar mast erkakni shifoxonaga yotqizishdan bosh tortdi
Fuqaro yuragidagi og‘riqdan shikoyat qilgan, biroq shifokorlar uni kasalxonaga yotqizish uchun bu yetarli emas deb hisoblashgan.

Toshkentda tez tibbiy yordam shifokorlari yuragi xasta mast erkakni shifoxonaga yotqizishdan bosh tortdi va buning sababini tushuntirdi.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, erkak deyarli bir sutka davomida ko‘chada yurak og‘rig‘idan shikoyat qilgan. Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam markazining rasmiy bayonotiga ko‘ra, 103 raqamiga 31 may kuni soat 12:31 da qo‘ng‘iroq bo‘lgan. 20 daqiqadan so‘ng brigada voqea joyiga yetib keldi.
Shifokorlar erkakni tekshirib, unda yengil darajadagi mastlik holatini qayd etishgan. Hayot faoliyatining barcha ko‘rsatkichlari me’yorda bo‘lgan, hayot uchun xavfli holatlar aniqlanmagan va tibbiy ko‘rsatmalarga ko‘ra kasalxonaga yotqizish talab etilmagan.
Tekshiruvdan so‘ng brigada voqea joyiga huquq-tartibot xodimlarini chaqirdi va erkak hushyorxonaga olib ketildi. Yordamga chaqiruvchi yolg‘on chaqiruv uchun javobgarlikka tortilishi bilan tahdid qilindi.
Mavzuga doir: “Baribir o‘ladi”: Toshkentda tez yordam xodimlari ayolni podyezdga tashlab ketishdi Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan bemorni tun bo‘yi kasalxonalarga olib borib, oxir-oqibat podyezdda qoldirishdi.
Izohlar