Toshkentda qurilishi tugallanmagan bino yerto‘lasida yirik yong‘in sodir bo‘ldi — video
Oqibatda qurilish materiallari yonib ketgan, yong‘in sabablari haqida ma’lumot berilmagan.

22-oktyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda yirik yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar tarqaldi. Poytaxt FVB voqeaga izoh berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, yong‘in 21-oktyabr kuni soat 22:31 da Mirobod tumani, Sarakul ko‘chasida, qurilishi tugallanmagan binoning yerto‘lasida sodir bo‘lgan. Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 22:39 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 22:52 da qurshab olingan va soat 22:58 da to‘liq bartaraf etilgan.
Aniqlanishicha, ko‘rsatilgan manzildagi qurilishi tugallanmagan binoning yerto‘lasida qurilish materiallari yonib zararlangan. Yong‘in natijasida hech kim jabrlanmadi.
Eslatib o‘tamiz, Toshkentda maktabda yong‘in sodir bo‘lgandi. Qutqaruv guruhlari qisqa vaqt ichida yong‘inni bartaraf etdi.
Izohlar