Toshkentda qo‘riqchi bolta bilan tahdid qilib, maoshini oshirishni talab qildi
Huquq-tartibot idoralari xodimlari erkakni qo‘lga olib, hujjatlarni sud idoralariga yuborgan.

30 iyul kuni Toshkentning Yashnobod tumanida xususiy ofis qo‘riqchisi qo‘lga olindi, u rahbarning oldiga bolta bilan kelib, uning maoshini oshirishni talab qilgan. Bu haqda IIV huzuridagi Xavfsizlik departamenti xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, soat 17:32 da Toshkent shahar Qo‘riqlash boshqarmasiga qo‘riqlanayotgan ofisdan trevoga signali kelib tushgan. Voqea joyiga tezkor guruh zudlik bilan yetib keldi. Manzilga yetib borgan xodimlarning aniqlashicha, ushbu ofisda qorovul bo‘lib ishlagan fuqaro M.M. ish haqini oshirishni talab qilgan. Mojaro paytida u bolta bilan rahbarga tan jarohati yetkazish bilan tahdid qildi.
Huquqiy javobgarlik bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilgach, uning sumkasidagi bolta va pichoq olib qo‘yilgan. Hodisa yuzasidan zarur hujjatlar rasmiylashtirilib, ashyoviy dalillar bilan birga ko‘rib chiqish uchun sud organlariga yuborilgan.
Izohlar