Hodisa

Toshkentda plastmassa ishlab chiqaruvchi zavod yonib ketdi — video

Yong‘in deyarli qirq daqiqadan so‘ng o‘chirildi.

Toshkentda plastmassa mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxona yonib ketdi 20-iyul kuni Toshkent shahrida plastmassa mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxona yonib ketdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea Sergeli tumani Beruniy ko‘chasida joylashgan zavodda sodir bo‘lgan. Yong‘in haqida soat 11:03 da xabar kelib tushgan va soat 11:09 da yong‘in-qutqaruv guruhlari voqea joyiga yetib borgan.

Mutaxassislar yong‘inni soat 11:36 da qurshab olgan va 11:45 da yong‘inni to‘liq o‘chirishga muvaffaq bo‘lgan. Jabrlanganlar haqida ma’lumot yo‘q. Hozirda mutaxassislar tomonidan yong‘in sabablari va zarar miqdori aniqlanmoqda.

Avvalroq Toshkentda rekonstruksiya qilinayotgan binoda yirik yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Poytaxt osmonini quyuq qora tutun qoplagan.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная